Bosh sahifaFaoliyatPoligonlarni muvofiqlashtirish

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024-2025-yillar davomida respublikadagi 194 ta chiqindi poligoni atrofiga jami 1 079,4 ming dona, jumladan, 2024-yilda 433,1 ming dona hamda 2025-yilda 646,4 ming dona turli xildagi daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Poligonlar atrofiga hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, asosan suvga chidamli terak, tut, qayrag‘och, saksovul, tol hamda boshqa turdagi daraxt va buta ko‘chatlari ekildi.

Ekilgan daraxt va buta ko‘chatlari “Yashilmakon.eko” elektron platformasiga to‘liq kiritilishi ta’minlandi.

Shuningdek, barpo etilgan ihota daraxtzorlarini parvarish qilish va sug‘orish ishlarini tashkil etish uchun tegishli mas’ullar biriktirildi.

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 2026-yilda chiqindi poligonlari atrofida ihota daraxtzorlarini barpo etish hamda “yashil belbog‘”lar tashkil qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.

“Yashil belbog‘” tashkil qilinadigan poligonlar ro‘yxati hamda ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan yer maydonlari miqdorini shakllantirish bo‘yicha hududiy boshqarmalar tomonidan tegishli takliflar ishlab chiqildi va umumlashtirildi.

Ishlab chiqilgan taklifga asosan 130 ta chiqindi poligoni atrofiga 196,0 ming dona (bahorda 70 ming, kuzda 126 ming) turli xildagi daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi belgilangan.

Poligon atroflariga asosan suvga chidamli terak, tut, qayrag‘och, saksovul, tol va boshqa turdagi ko‘chatlar ekilishi ko‘zda tutilmokda.

Прокрутить вверх